Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kursk: Ukraina va Rossiya o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

Kursk: Ukraina va Rossiya o‘rtasida asirlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi

Rossiya Kursk viloyatida asirga olingan 115 nafar harbiy xizmatchini Ukraina asirligidan qaytardi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligida ma’lum qilindi.

«Muzokaralar natijasida Kursk viloyatida asirga olingan 115 nafar rossiyalik harbiy Kiyev rejimi nazorati ostidagi hududdan qaytarildi. Buning evaziga Ukraina Qurolli kuchlarining 115 nafar harbiy asiri o‘tkazildi», – deyiladi harbiy departament xabarida.

Ta’kidlanishicha, ozod etilgan barcha harbiy xizmatchilar hozirda Belarus davlatida bo‘lib, u yerda ularga psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, keyinchalik ular Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Rossiyaga olib ketiladi. 

Harbiy xizmatchilarga «qarindoshlari bilan bog‘lanish imkoniyati ham berilgan».

Qayd etilishicha, rossiyaliklarni Ukraina asirligidan qaytarish chog‘ida BAA «gumanitar xarakterdagi vositachilik sa’y-harakatlarin» amalga oshirgan.

Bu Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumidan keyin Moskva va Kiyev o‘rtasidagi birinchi va Ukrainaga bosqindan beri BAA vositachiligida amalga oshirilgan yettinchi (jami 1 788 nafar asir) almashinuvdir.

Eslatib o‘tamiz, Kursk viloyatida janglar 6 avgustdan beri davom etmoqda. 7-avgust kuni mintaqada, 9-avgustda esa federal darajadagi favqulodda holat joriy etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring