Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kunlik kasallanishlar holati yangilandi

Kunlik kasallanishlar holati yangilandi

Ketma-ket ikki kunlik pasayishdan so‘ng kasallanishlar soni yana ortdi: kecha yurtimizda 1170 nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

2022 yil 25 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 217360 (+1174) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 57 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 56 nafari Buxoro viloyatida,
  • 37 nafari Jizzax viloyatida,
  • 30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 18 nafari Navoiy viloyatida,
  • 27 nafari Namangan viloyatida,
  • 43 nafari Samarqand viloyatida,
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 46 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 133 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 47 nafari Xorazm viloyatida,
  • 139 nafari Toshkent viloyatida,
  • 482 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 61 nafar,
  • Andijon viloyatida 40 nafar,
  • Buxoro viloyatida 68 nafar,
  • Jizzax viloyatida 38 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 35 nafar,
  • Navoiy viloyatida 13 nafar,
  • Namangan viloyatida 56 nafar,
  • Samarqand viloyatida 64 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 15 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 57 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 142 nafar,
  • Xorazm viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent viloyatida 257 nafar,
  • Toshkent shahrida 366 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 206727 (+1232) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1549 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 114 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring