Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla

Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla

Foto: «52pk.com»

Biologiya fanlari doktori Vladimir Doroxovning aytishicha, kunduzgi uyqu uchun 20 daqiqa ham yetarli. Faqat to‘g‘ri vaqtni topsangiz bas. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.

Agarda uyqu 20 daqiqadan oshib ketsa, u chuqurlashib ketadi. To‘liq chiqib ketish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Buning nomi «uyqu inersiyasi», — dedi mutaxassis.

Chuqur uyqudan chiqib ketish 20—40 daqiqa talab qiladi, ishxona sharoitida bu juda noqulaylik tug‘diradi. Biroq, agarda kunduzgi ish kuningiz qattiq tartibli bo‘lmasa, bir soatlik uyqu ayni muddao — kechgacha tetik yurasiz, deydi Doroxov.

Kunduzgi uyqu uchun eng qulay palla — soat 13 dan 15 gacha bo‘lgan vaqt.

«Organizmimizning o‘zi shu paytda (soat 13—15 oralig‘i) tabiiy ravishda uyquga moyillik sezadi. Soat 17 dan keyin uxlash esa yaramaydi — tungi uyqudan mahrum bo‘lasiz», — ogohlantirdi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring