Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun tartibida: xalqaro hamkorlik  va raqamli xavfsizlik

Kun tartibida: xalqaro hamkorlik  va raqamli xavfsizlik

2025-yil 20-may kuni GSMA M360 Eurasia xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida axborot xavfsizligi va raqamli transformatsiya masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda davlat regulyatorlari, aloqa operatorlari, xalqaro tashkilotlar va texnologik kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

GSMAning telekommunikatsiya sohasini raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro tashabbusi doirasida O‘zbekiston axborot xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarni kibertahdidlardan himoya qilishda tizimli yondashuvni namoyish etishda davom etmoqda. Muhokamaning asosiy mavzularidan biri Antifrod tizimi bo‘ldi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan firibgarlikning oldini olish bo‘yicha samarali amaliyotlar muhokama qilindi. «O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» DUK tomonidan ishlab chiqilgan Antifrod tizimini joriy etish tajribasi taqdim etidi. Shuningdek, jarayonlarni optimallashtirish, iste’molchilarni himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta’minlash masalalari ham uchrashuvning asosiy mavzulari bo‘ldi. Iqtisodiy strategik sheriklikka alohida e’tibor qaratildi.

So‘nggi bir yil ichida O‘zbekistondagi Antifrod tizimi firibgarlik operatsiyalari va foydalanuvchilar ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishga urinishlarni bloklash orqali foydalanuvchilarning mablag‘larini o‘g‘irlashga bo‘lgan ko‘plab urinishlarning oldini oldi.

Tadbir ushbu tizimni va mintaqadagi shunga o‘xshash tizimlarni rivojlantirish istiqbollari, xizmatlar importini nazorat qilish mexanizmlari, shuningdek, xalqaro hamkorlik zarurligini muhokama qilish imkonini berdi. Ishtirokchilar hamkorlikni kengaytirish va raqamli transformatsiya strategiyalarini birgalikda ishlab chiqishdan manfaatdor ekanini tasdiqladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring