Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kun oxirida ham kasalliklar soni Toshkentda juda ko‘p bo‘ldi

Kun oxirida ham kasalliklar soni Toshkentda juda ko‘p bo‘ldi

2020-yil 1-avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24 783 (+214) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 193 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun mamlakatimizning 12 ta hududida jami 835 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.

Shunday qilib, yurtimizda 15 299 (+835) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 337 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring