Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek qizi og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

O‘zbek qizi og‘ir atletika bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Las-Vegas shahrida davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining navbatdagi kuni ham terma jamoamiz uchun yanada omadli yakun topdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan xabar qilinishicha, qizlar o‘rtasida -64 kilogramm vazn toifasida supachaga chiqqan Kumushxon Fayzullayeva musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritibgina qolmasdan, o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordlarini ham o‘rnatdi. Vakilamiz dast ko‘tarish mashqida 93 kg, siltab ko‘tarish mashqida esa 122 kg natija qayd etdi. Ikki kurashda 215 kilogramm jamg‘ara olgan sportchimiz ushbu vazn toifasining siltab ko‘tarish va ikki kurash yo‘nalishlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon rekordlarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘smirlar o‘rtasida JCh. Las-Vegas, AQSh
Qizlar, 64 kg
1. Kumushxon Fayzullayeva (O‘zbekiston) – 225 kg (jahon rekordi)
2. Keysi Roxas (Meksika) – 195 kg
3. Mixaela Iliye (Ruminiya) – 190 kg

Kumushxon Fayzullayeva yozda poytaxtimiz mezbonlik qilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham zafar quchib, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi qizlar orasida ilk bor chempionlikni qo‘lga kiritgan sportchiga aylangan. Shuningdek, 2018 yil oktyabr oyida Argentinada o‘tgan o‘smirlar Olimpiadasida ham unga teng keladigani topilmagan edi.

Ta’kidlash joiz, terma jamoamiz vakillari musobaqaning har kungi bahslarida medallar qo‘lga kiritishmoqda. MOQ barchani atletlarimizning ana shunday muvaffaqiyatli yurishi bilan muborakbod etib qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring