Kuchli shamol va qor ko‘chkisi xavfi sabab vodiyga yo‘l vaqtincha yopildi
Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli shamol va qor ko‘chkisi xavfi sabab bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
«Ayni paytda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligi ostida maxsus xizmatlar vaziyatni yaxshilash uchun ish olib bormoqda. Yo‘l harakatlanish uchun xavfsiz holatga keltirilganidan so‘ng, dovonda transport harakati yana tiklanadi», - deyiladi ma’lumotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter