Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Krishtianu Ronaldu transferi uchun 20 dona qo‘y taklif qilindi

Krishtianu Ronaldu transferi uchun 20 dona qo‘y taklif qilindi

Foto: Sport-Ekspress.

Farer orollarining «KI Klaksvik» futbol klubi vakillari «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning ingliz klubini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga kinoya bilan munosabat bildirishdi.

«Biz Ronaldu uchun 20 dona eng yaxshi qo‘yimizni taklif qildik. Hozirda «Yunayted»dan javob kutyapmiz», — deyiladi klub ijtimoiy tarmoqdagi postida.

Hozirda Ronaldu klubni rasman tark etgani yo‘q. Oldinroq Krishtianu «Atletiko Madrid» bilan navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini (30-iyul) o‘tkazib yuborishi, ammo «Rayo Valekano» bilan o‘yinda (31-iyul) ishtirok etishi, unda zaxirada bo‘lish ehtimoli kattaligi xabar berilgan. 

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchiga «Atletiko Madrid» qiziqish bildirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring