Kris Hemsvort kinodagi faoliyatida tanaffus e’lon qildi — sababi jiddiy
Marvel turkumiga kiruvchi superqahramonlik filmlari yulduzi Kris Hemsvort Alsgeymer kasalligiga moyilligi bois kinodagi faoliyatida kichik tanaffus e’lon qildi. Aktyor ko‘proq vaqtini oilasi bag‘rida o‘tkazmoqchi.
Kris Hemsvort inson imkoniyatlari haqida hikoya qiluvchi «Limitless» hujjatli filmini suratga olish chog‘ida bir nechta genetik test topshirgan ekan.
Ma’lum bo‘lishicha, unda ikkita gen nusxasi mavjud bo‘lib, ularning birlashishi Alsgeymer kasalligiga chalinish ehtimolini keskin oshirib yuboradi. Ya’ni Hemsvortning bu dardga chalinish ehtimoli boshqa odamlarnikiga nisbatan 8-10 baravar yuqori. Aktyor bu haqda Vanity Fair jurnali bilan suhbatda ma’lum qilgan.
U intervyusida bobosi ushbu kasallikdan aziyat chekayotgani haqida ham gapirgan.
Ma’lumot uchun: Kris Hemsvort 39 yoshda (1983-yilning 11-avgustida Avstraliyaning Melburn shahrida tug‘ilgan.
Parkinson kasalligiga qarshi kurashayotgan taniqli aktyor Maykl Jey Foksga kuni kecha «Oskar» topshirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter