Kriptovalyuta bilan shug‘ullanganlarga 10 yil qamoq — Xitoy
XXR Oliy xalq sudi kriptovalyutalar bo‘yicha operatsiyalar bilan shug‘ullanishni jinoyatga tenglashtirdi, deb xabar berdi «South China Morning Post» gazetasi.
Operatsiyalarda aylangan mablag‘ga qarab jarimalar belgilanadi. 100 ming yuan ($15 800)dan oshsa «yirik» deb tasniflanadi. Agarda mablag‘ 50 mln. yuandan yuqori bo‘lsa, «favqulodda jiddiy» sanalib, 10 yildan ko‘proq muddatga qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Yangi tartib 1-martdan kuchga kiradi.
Pekin kriptovalyutalar va mayningga qarshi qattiq kurashyapti. Xitoy banklariga bitkoin bilan shug‘ullanish 2013-yildayoq taqiqlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter