Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreml hisob palatasi raisi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatini oldi

Kreml hisob palatasi raisi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatini oldi

Foto: RIA Novosti

Kreml hisob palatasi raisi lavozimiga nomzodlar ro‘yxatini oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Takliflar qabul qilindi. Qanday qaror qabul qilinadi — bu bizga qorong‘i», ­— dedi prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Kecha, 17-may kuni Davlat dumasi Tatyana Golikovani zudlik bilan hisob palatasi raisi lavozimidan ozod qilgan edi. Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin prezident Vladimir Putinga tasdiqlash uchun hisob palatasi raisligiga yangi nomzodlarning ro‘yxati yuborilganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Yedinaya Rossiya» fraksiyasi sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrinning nomzodini taklif qilgan.

«Spravedlivaya Rossiya» esa Davlat dumasining moliyaviy masalalar qo‘mitasi raisi Anatoliy Aksakovning nomzodini, KPRF esa dumaning davlat qurilishi va qonunchilik masalalari qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Yuriy Sinelshikovning nomzodini, LDPR esa hisob palatasining auditori Maksim Roxmistrovning nomzodini taklif qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring