Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kreml Markaziy Osiyo rahbarlarining Bayden bilan uchrashuviga munosabat bildirdi

Kreml Markaziy Osiyo rahbarlarining Bayden bilan uchrashuviga munosabat bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQSh yetakchisi Jo Baydenning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan uchrashuviga izoh berdi. 

Jurnalistlarning Kreml jarayonlarni kuzatib boryaptimi yoki yo‘qmi degan savoliga javob berar ekan, Peskov Markaziy Osiyo mamlakatlari AQSh bilan o‘z diplomatik munosabatlariga egaligi, shuning uchun ular bunday uchrashuvlar o‘tkazish ularning suveren huquqi ekanini ta’kidladi.

Putin matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Moskva uchun asosiysi Rossiya Federatsiyasi uchun muhim bo‘lgan ushbu davlatlar bilan muloqotni davom ettirishdir.

C5+1 formati (Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh) 2015-yilda yaratilgan va tashqi ishlar vazirlari va ekspertlar darajasida o‘tkazilgan. 2023-yilda Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida birinchi marta davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring