Kreditga avtomashina sotib olish uchun qanday hujjatlar kerak?
AT «Aloqabank» tomonidan «GM Uzbekistan» rasmiy dilerlaridan pul ko‘chirish yo‘li bilan avtomobillarni xarid qilish uchun «Avtokredit» iste’mol krediti joriy qilingani haqida xabar bergan edik.
Ko‘plab mijozlarning talabidan kelib chiqib, mazkur avtokreditga qanday hujjatlar kerakligi bilan qiziqdik. AT «Aloqabank» tahririyatimizga avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxatini taqdim etdi:
— mahalladan yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko‘rsatilgan holda);
— ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
— pasport nusxasi;
— mehnat daftarchasi nusxasi;
— jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);
— STIR nusxasi;
— avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi;
— «GM Uzbekistan» rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter