Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kredit olgan shaxs chet elda ishlasa bo‘ladimi?

Kredit olgan shaxs chet elda ishlasa bo‘ladimi?

Foto: «Express»

«Yosh oila uchun ipoteka krediti asosida uy olganmiz. Ikki yildan buyon to‘lab kelyapmiz. Kredit yigirma yilga berilgan. Xorijiy tillardan birini yaxshi o‘zlashtirganman. Shu bois turmush o‘rtog‘im bilan birga xorijda ishlamoqchimiz. Masalan, Koreyada. Kredit olganimiz bunga to‘sqinlik qilmaydimi? Balki xorijga chiqqach, bir oydayoq kreditni yoparmiz. Bu borada huquqiy yechim bormi?»

O‘zbekiston Milliy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi yuridik xizmat boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti Boburbek Ablabekovning ta’kidlashicha, agar to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa, hech qanday muammo bo‘lmaydi. Sizning nomingizdan bankda to‘lovlar amalga oshirilishida muammo bo‘lmasligi uchun to‘lovni amalga oshiradigan shaxsga notarial tartibda to‘lovni amalga oshirishi uchun ishonchnoma berishingiz tavsiya etiladi. Agarda kredit shartnomasining shartida qarz oluvchining rekvizitlari o‘zgarganda bankni bu haqda xabardor qilish ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu holda bankka yozma ravishda ariza berishingiz kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring