Kredit byurolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi

Kredit byurolarini ro‘yxatga olish va ularning faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.
Kredit byurolarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziya amal qilish muddati cheklanmasdan beriladi.
Kredit byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik shaxslar va (yoki) norezident yuridik shaxslar kredit byurosining muassislari bo‘lishi mumkin.
Kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish uchun Markaziy bankka ariza beriladi.
Bunda, jumladan kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi kerak.
Markaziy bank hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida kredit byurosini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi va unga litsenziya beradi yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter