Krasnoyarsk aeroportida O‘zbekiston fuqarosi ushlandi
Farg‘onadan Krasnoyarskka uchib borgan O‘zbekiston fuqarosi deklaratsiya qilinmagan 900 taga yaqin sim-kartalarni olib o‘tayotgan paytda ushlangan.
28 yoshli fuqaro avvaliga «yashil yo‘lak»dan o‘tgan va deklaratsiya qiladigan tovarlari yo‘qligini aytgan. Lekin uning sumkasidan 26 ming rubl (taxminan 3,5 mln. so‘m) miqdoridagi sim-kartalar chiqqan, to‘lanmagan bojxona to‘lovi miqdori — 8 ming rubl (1 mln. so‘mdan ko‘proq).
Xabarga ko‘ra, har bir sim-kartada alohida shtrix-kod, telefon raqam va pin-kodlar bo‘lgan. Hozir unga nisbatan ma’muriy ish ochilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter