Kovidga qarshi «superimmunitet» hosil qilish usuli aytildi
COVID-19dan tuzalgandan keyin vaksina olish yangi turdagi infeksiyalardan yaxshiroq himoya qiladigan «superimmunitet» hosil qilish imkonini beradi. Bu haqda amerikalik olimlar xulosa berdi.
Qayd etilishicha, kasallangandan so‘ng, Pfizer yoki Moderna vaksinasining ikki dozasi organizmni koronavirusning 6 ta mutatsiyasiga, shu jumladan delta va beta variantlariga qarshi samarali bo‘lgan, katta miqdordagi «moslashuvchan» antitanachalarni ishlab chiqarishga undaydi.
«Moslashuvchan» antitanachalar, shuningdek, laboratoriyada maxsus yaratilgan va bir vaqtning o‘zida bir nechta shtammlarni birlashtirgan mutatsiyaga dosh bera olgan. Faqat kasal bo‘lgan yoki faqat emlangan kishilarning immuniteti bu infeksiyaga dosh berolmadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter