Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kosmos-2020»: kimlar qayerlarga uchmoqchi?

«Kosmos-2020»: kimlar qayerlarga uchmoqchi?

Foto: «Ridus»

«Space.com» portali 2020-yil uchun rejalashtirilgan kosmik missiyalar ro‘yxatini e’lon qildi.

2020-yilda Yevropa kosmik agentligi (EKA) «Solar Orbiter» apparatini Quyosh tomon uchirmoqchi. Yo‘ldosh Quyosh orbitasiga 0,284 astronomik birlik masofasida, ya’ni Merkuriy sayyorasidan ham yaqinroq boradi.

Yana bir nechta avtomat stansiya Marsga uchiriladi, xususan, bular orasida Roskosmos va EKAning «EkzoMars-2020», NASAning «Mars-2020», shuningdek, Xitoy, Yaponiya va BAAning loyihalari bor. Bularning barchasi iyul va avgust oylariga mo‘ljallangan.

2020-yilda Hindiston yengil sinfdagi SSLV raketa-tashuvchilarini birinchi marta sinovdan o‘tkazadi, Xitoy esa Oyga borib-qaytuvchi «Chan’e-5» missiyasini mo‘ljallamoqda.

AQSh Xalqaro kosmik stansiyaga astronavtlarini o‘z raketalarida olib borishni rejalashtirgan: «Boeing» hamda «SpaceX» kompaniyalari («Starliner» hamda «Crew Dragon» kemalari) ana shu missiyaga bel bog‘lagan.

Qolaversa, 2020-yilda «Virgin Galactic» hamda «Blue Origin» kompaniyalari sayyohlar uchun kosmik marshrutlarni ham nihoyat ishga tushirishga ahd qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring