Koronavirusning yangi xavfli asorati aniqlandi
Amerikalik shifokorlar koronavirusning yangi, kam uchraydigan, ammo xavfli asoratini aniqladilar. Bu Nyu-Yorkdagi COVID-19 bilan kasallangan bir nechta bemorlarda kuzatilgan. Bu haqda BGR portali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki oy ichida Nyu-Yorkdagi koronavirus bilan kasallangan bemorlarda keratit – ko‘z pardasining yallig‘lanishi kabi alomat paydo bo‘lgan uchta holat qayd etildi. Keyinchalik, ularning uchalasida ham infeksiya ko‘z soqqasining ichki membranalariga tarqalib, endoftalmitni keltirib chiqaradi.
Natijada ushbu bemorlardan biri koronavirus bilan bog‘liq asoratlar tufayli vafot etdi, ikkinchisi ko‘rmay qoldi, uchinchisini esa bitta ko‘zini olib tashlashga to‘g‘ri keldi.
Mutaxassislarning fikricha, keratitning endoftalmitga o‘tishi tibbiyot amaliyotida juda kam uchraydi va ko‘pchilik odamlar bu haqda ko‘p tashvishlanmasa bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida uchta holatning aniqlanishi koronavirusning ko‘z infeksiyasiga ta’siri haqida qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter