Koronavirusning yangi belgisi aniqlandi
Kommunarkada shifoxona bosh shifokori Denis Protsenko koronavirusning yangi alomatini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikni yuqtirganlarning aksar qismida qorin va qo‘llarida toshma qayd etilgan. Bu haqda 1-may, juma kuni «Govorit Moskva» radiostansiyasining saytida xabar berildi.
Protsenko, shuningdek, o‘z-o‘zini izolyasiya qilishning muhimligini yana bor eslatib qo‘ygan. Aks holda may oyidagi bayramlar «kasallikning avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin».
1-may holatiga ko‘ra, Rossiyaning 85 ta hududida 114 431 ta koronavirus holati qayd etilgan. Epidemiya davrida 1169 kishi vafot etdi, 13 220 kishi tuzaldi.
Jons Xopkins universitetining ma’lum qilishicha (1-may, 22:00), dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 3 276 373 kishiga yetdi. Pandemiya boshlangandan beri 233 998 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 1 024 529 kishi sog‘aygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter