Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning qayta yuqishi nimasi bilan xavfli?

Koronavirusning qayta yuqishi nimasi bilan xavfli?

Foto: «Pixabay.com»

COVID-19ni boshdan o‘tkazgan insonlar koronavirusni qayta yuqtirganda xavfliroq simptomlarga duch kelishi mumkin. Bu haqda AQShning Nevada universiteti va boshqa ilmiy tashkilotlari olimlari ma’lum qilishdi.

Tadqiqotchilar 48 kun davomida SARS-CoV-2ning ikki xil turi bilan kasallangan 25 yoshli bemor (nevadalik)ni misol keltirishdi. Unda ikkinchi marta kasallanish birinchisiga nisbatan ancha og‘ir kechdi, zudlik bilan kasalxonaga yotqizib, kislorod bilan sun’iy ravishda ta’minlashga to‘g‘ri kelgan. Qolaversa, Belgiya, Niderlandiya, Gonkong va Ekvadordagi shunga o‘xshash qayta kasallanish holatlari tilga olib o‘tilgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, nevadalik bemorning ikkinchi kasallanishi og‘ir kechishiga virus dozasi yuqoriligi sababchi bo‘lishi mumkin. Yoki u SARS-CoV-2ning yanada virulentrog‘ini (kuchlirog‘ini) yuqtirib olgan, yo bo‘lmasa antitanaga bog‘liq infeksiya kuchayishi yuz bergan — bu holatda organizm ishlab chiqqan antitanalar qayta yuqtirish oqibatlarini yanada yomonlashtirib yuboradi.

Koronavirusning qayta yuqishi unga qarshi vaksina ishlab chiqish ishlarini savol ostida qoldiradi, shunga qaramasdan, hozircha reinfeksiya (qayta yuqish)  holatlari kamdan-kam uchramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring