Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyga borgan JSST mutaxassislari karantindan chiqishdi

Koronavirusning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyga borgan JSST mutaxassislari karantindan chiqishdi

Foto: «REUTERS / Thomas Peter»

COVID-19ning kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyga kelgan JSST xalqaro ekspertlari karantindan chiqishdi, dedi Xitoy TIV rasmiy vakili Chjao Litszyan.

COVID-19ning kelib chiqishini tekshirayotgan JSST xalqaro ekspertlar guruhi 14-yanvar kuni Xitoyning Uxan shahriga yetib kelishdi. Mutaxassislar majburiy 14 kunlik karantinga joylashtirildi.

«JSST xalqaro ekspertlar guruhining o‘n to‘rt kunlik karantini bugun nihoyasiga yetdi. Endi ular virus kelib chiqishi borasida hamkorlik qilish uchun Xitoy tomoni bilan ishlashni davom ettiradi», — dedi Chjao Litszyan brifingda.

U JSST mutaxassislari simpoziumlarda, shuningdek, joylarda o‘tkaziladigan turli tadbirlarda ishtirok etishiga aniqlik kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring