Koronavirusning eng yangi alomatlari aniqlandi
Koronavirusga chalingan xitoyliklarning bir qismida koordinatsiya va tushunarsiz nutq bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan, deyiladi «JAMA Neuology»da chop etilgan tadqiqotda.
Mutaxassislar COVID-19 bilan kasallangan 241 nafar Uxan fuqarosi haqidagi ma’lumotlarni o‘rgangach ularning 36 foizida va dardi og‘irroq kechganlarning 46 foizida nevrologik alomatlar kuzatilganini aniqlashdi. Miyada qon aylanishi buzilishi, aql o‘tmaslashishi va mushaklar zaiflashishi shular jumlasidan.
Shuningdek, bemorlar koronavirusning barchaga ma’lum alomatlaridan ham shikoyat qilishgan: yuqori tana harorati, yo‘tal va bosh og‘rig‘i.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter