Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning eng ko‘p uchraydigan asoratlari aniqlandi

Koronavirusning eng ko‘p uchraydigan asoratlari aniqlandi

Foto: «RIA Novosti»

Koronavirusga chalingan respondentlarning yarmidan ko‘pi (61%) kasallik asoratlarini payqashgan. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta’siri charchoq va quvvatsizlik bo‘lib, ular so‘rovnoma ishtirokchilarining 62%ida kuzatilgan. Tadqiqot HeadHunter xizmati tomonidan amalga oshirildi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti».

Shuningdek, mehnat qobiliyati va diqqat-e’tibor susayishi (48%), unutuvchanlik (43%), hid bilan bog‘liq muammolar (42%), ta’m retseptorlari o‘zgarishi (36%), nafas qisilishi (31%), uyqu buzilishi (31%) kabi muammolar keng tarqalgan.

Xavotir ham uchraydi (28%), har to‘rtdan birida tez-tez bosh og‘rig‘i (25%) va kayfiyat o‘zgarishi (25%) kuzatiladi. Ba’zilar bo‘g‘imlar og‘rishi, soch to‘kilishi, surunkali kasallik zo‘rayishi, ruhiy tushkunlik va ko‘p terlashdan shikoyat qilgan.

Har beshinchi bemor bir-ikki oyda tuzalgan, respondentlarning 18%iga tiklanishi uchun bir haftagacha vaqt kerak bo‘lgan, yana shuncha bemorlarga ikki oydan olti oygacha vaqt talab etilgan. Respondentlarning 12%i olti oydan bir yilgacha tuzalishi kerak edi. Har o‘ndan biri ta’tilga ketishga majbur bo‘ldi.

Ko‘pincha «xavfsizlik», «tibbiyot va farmatsevtika», «sotib olish», «marketing, reklama, PR» sohalari xodimlari (55%) kasallikka chalinishgan. Transport va logistika xodimlari, ishchi personallarda koronavirus kamroq qayd etilgan.

Koronavirusni davolashda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta respondentlarning atigi 3%ida bo‘lgan, 2%ini ish beruvchi moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan va 1%i esa maxsus reabilitatsiya dasturiga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring