Koronavirusning 10 yil ichidagi «taqdiri» ma’lum bo‘ldi
AQShning Emori universiteti olimlari tomonidan boshqa xorijiy ilmiy muassasalardagi hamkasblari ko‘magida koronavirusning keyingi o‘n yil davomidagi rivojlanish modeli yaratildi.
Mutaxassislar barcha ma’lum bo‘lgan koronaviruslarni, shuningdek, COVID-19ni o‘rganish bo‘yicha ilmiy maqolalardagi ma’lumotlarni tahlil qildilar. Amerikalik olimlarning fikriga ko‘ra, kelgusi yillarda infeksiyaning yangi turi keskin o‘zgarishlarga uchraydi.
Uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar COVID-19 ni faqat yengil shaklda o‘tkazadilar, so‘ngra ularning organizmida kasallikka qarshi antitanalar hosil bo‘ladi. Qayta infeksiyani oldini olish imkonsiz bo‘ladi, ammo kasallik oddiy shamollashdan ham xavfli bo‘lmay qolib, o‘lim darajasi 0,1% dan oshmaydi.
Shu bilan birga, koronavirusni erta yoshda tabiiy yuqtirish odamni keksalikka qadar immunitet bilan ta’minlaydi, deydi olimlar. COVID-19da o‘pkaning ishtirok etishi oddiy pnevmoniyadan farq qiladi. Aholini ommaviy emlashni ta’minlash orqali infeksiya tarqalishining oldini olish mumkin bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter