Koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan odamlar toifasi ma’lum qilindi
It egalarining koronavirusni yuqtirish xavfi uy hayvoni boqmaydiganlarga qaraganda ancha yuqori, degan xulosaga kelishdi Granada universiteti va Andalusiya jamoat salomatligi maktabidagi ispan olimlari. Ularning tadqiqot natijalari «ScienceDirect» portalida e’lon qilindi.
Tadqiqot natijalari COVID-19ni yuqtirib olgan yoki uni boshidan o‘tkazgan 2086 nafar ispan o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanadi.
Buni qarangki, it bilan sayr qilish virusni yuqtirish xavfini 78 foizga oshirgani ma’lum bo‘lgan.
«Xavfning oshishiga nima sabab bo‘lgani hali aniqlanmadi. Hozirgi kunda odamlarda kasallikni tashxislash uchun resurslar yetishmasligini hisobga olsak, bunday tashxisning itlarga qo‘yilishi ehtimoldan yiroq», — deya ta’kidladi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Kristina Sanches-Gonsales.
Mutaxassislarning fikricha, uy hayvonlari jamoat joylarida buyumlarning yuzasidagi virusni yuqtirib, COVID-19 tashuvchisiga aylanishi mumkin. Shuning uchun itlarni har safar sayr qildirib kelgandan so‘ng profilaktika maqsadida gigiyena choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter