Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni nima o‘ldirishi hali aniqlanmagan

Koronavirusni nima o‘ldirishi hali aniqlanmagan

Foto: «Medic.ua»

Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti teriga zarar yetkazish ehtimoli borligi bois COVID-19 ni davolashda ultrabinafsha chiroqlardan foydalanishni tavsiya etmaydi, dedi Jenevadagi brifingda Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti vakili Margaret Xarris. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Biz ushbu virusni nima o‘ldirishini hali aniqlay olmadik. Ammo biz uning nihoyatda chidamli ekanligini va uzoq vaqt yashay olishini aniqladik. Ultrabinafsha nur bilan bog‘liq muammo shundaki, u terimizni shikastlashi va boshqa zararlar yetkazishi mumkin. Shunday ekan, biz undan foydalanishni tavsiya etmaymiz», — deya ta’kidladi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring