Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusni yenggan Chernogoriyaga pandemiya qaytdi — kasallar soni 38 nafarga yetdi

Koronavirusni yenggan Chernogoriyaga pandemiya qaytdi — kasallar soni 38 nafarga yetdi

Foto: «EADaily»

Chernogoriyada, 22-iyun holatiga ko‘ra, koronavirusni yuqtirganlar soni 38 nafarga yetdi. «Koronavirusdan xoli mamlakat» maqomini saqlab turish uchun Chernogoriyaga bir oy ham ko‘plik qildi.

Mamlakatdagi klinik markaz bosh shifokori Yevto Erakovich 9 nafar bemor kasalxonalarga yotqizilgani, bir nafar og‘ir ahvoldagi bemor o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash qurilmasiga ulab qo‘yilganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun: mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri 362 ta holat qayd etilib, 9 nafari virus qurboniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Chernogoriya koronavirusni yengganini mamlakat prezidenti Milo Jukanovich 25-may kuni e’lon qilgan va 2-iyun kuni mamlakatda epidemiya tugagani rasman e’tirof etilgandi. Biroq chegaralar ochilganidan keyin mamlakatga odamlar bilan birga virus ham kirib kelishni boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring