Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun Germaniyadan mutaxassislar keladi

Koronavirusga qarshi kurashda ko‘maklashish uchun Germaniyadan mutaxassislar keladi

Foto: SSV

Bugun tunda Germaniyadan 10 nafar tajribali mutaxassislardan iborat nufuzli tibbiy guruh koronavirusga qarshi kurashda yurtimiz mutaxassislariga yaqindan ko‘mak berish va tajriba almashish uchun mamlakatimizga tashrif buyuradi. Mehmonlar Toshkent xalqaro aeroportida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan kutib olinadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Robert Kox instituti Xalqaro sog‘liqni saqlash markazi direktori o‘rinbosari, Xalqaro sog‘liqni saqlash axborot markazi rahbari, doktor Andreas Yansen rahbarligidagi guruh Robert Kox institutining yetakchi ekspert va mutaxassislari, shuningdek, Frankfurt-Mayn va Dyusseldorf universitetlari klinikalarining yuqori malakali vrachlari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi vakillaridan tashkil topgan.

E’tiborli jihati, germaniyalik mutaxassislar tashrif davomida Respublika koronavirusga qarshi kurash shtabi mas’ullari bilan birgalikda yurtimizda «COVID-19»ga qarshi kurashda borasida holatni tahlil etib, tegishli tavsiyalar taqdim etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, ular Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasi, shuningdek, qator viloyatlardagi ushbu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalar, tibbiy markaz va laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, kornovirusni aniqlash, nazoratga olish va bemorlarni davolashda mahalliy hamkasblariga amaliy ko‘mak berishlari rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring