Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi kurashda qaysi davlatdan o‘rnak olish kerak?

Koronavirusga qarshi kurashda qaysi davlatdan o‘rnak olish kerak?

Foto: «Profile.ru»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti favqulodda kasalliklar bo‘limi texnik guruh rahbari Mariya Van Kerkxove Vetnam hukumatining koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarini yuqori baholab, bu mamlakatni boshqa davlatlarga namuna qilib ko‘rsatdi.

«Ular tez va keng qamrovli harakat qiladi. Ularda kasallik tarqalishini nazoratga olishga yordam beradigan tizim mavjud. Ana shuni biz hamma davlatlarda ko‘rishimiz kerak»,dedi matbuot anjumanida Mariya Van Kerkxove.

Uning fikricha, Vetnam yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda katta tajribaga ega.

«Mamlakatda o‘lim darajasi past, juda kam yuklamani boshidan kechirdi. Ular virus tarqalishiga hech qanday imkon qoldirmaydi va katta talafotlarning oldini olish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi», — dedi JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dastur direktori Maykl Rayan Vetnamda yangi koronavirus tarqalishi haqida to‘xtalar ekan.

Xabarlarga ko‘ra, Vetnamda yangi koronavirus tarqalish o‘chog‘iga aylangan Danang shahar hokimiyati aholining hammasini — taxminan 1,1 million kishini COVID-19ga tekshirishni rejalashtiryapti.

31-iyul kuni Vetnamda pandemiya davrida koronavirusdan birinchi o‘lim holati qayd etildi. Mamlakatda koronavirus aniqlangandan so‘ng uch oy o‘tib dengiz bo‘yidagi Danang shahrida infeksiya paydo bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring