Koronavirusga qarshi dorilarni 16 ming «ko‘ki»ga pullaganlar aniqlandi
Samarqand shahrida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Qayd etilishicha fuqaro N.Yu. dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida muomalaga kiritish orqali daromad olish maqsadida, fuqaro M.ga xorijda ishlab chiqarilgan «COVID-19» infeksiyasini davolashda keng qo‘llaniladigan «Remdesivir» nomli dori vositasini har birini 350 ming so‘mdan sotishga kelishadi. U jami 500 donasini 16 300 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter