Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi 80 tacha vaksina va 155 ta dori yaratish ustida ish olib borilmoqda

Koronavirusga qarshi 80 tacha vaksina va 155 ta dori yaratish ustida ish olib borilmoqda

Foto: «Family-kids.ru»

Ayni vaqtda butun dunyo bo‘yicha COVID-19 ga qarshi kurashish uchun qariyb 80 ta vaksina va 155 ta dori yaratish ustida ish olib borilmoqda, deyiladi Avstriya tibbiy texnologiyalarni baholash instituti (AIHTA) obzorida.

Institut ma’lumotlariga ko‘ra, 155 ta dorining aksar qismi boshqa virusli kasalliklarni davolash uchun ma’qullangan, endi COVID-19 ni davolash uchun alohida asos talab etiladi. Vaksina bo‘lishga da’vogar 79 ta nomzoddan birortasi ham ishlab chiqarish bosqichidan o‘tmagan.

Dushanba kuni N.F.Gamaleya nomli epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg Rossiya koronavirusga qarshi vaksinalarning klinikoldi tekshiruvlarini mayning oxirida tugatishni, 15-iyunda esa preparatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Avvalroq «Vektor» virusologiya va biotexnologiya markazi bosh direktori Rinat Maksyutov COVID-19 ga qarshi vaksinaning klinikoldi tekshiruvlarini 22-iyungacha o‘tkazishni, 29-iyunda esa 180 nafar ko‘ngillida sinab ko‘rishni taklif qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring