Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlar soni 19 mingga yaqinlashdi

Koronavirusga chalinganlar soni 19 mingga yaqinlashdi

Foto: «Xabar.uz»

2020-yil 23-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 868 (+165) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 54 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 96 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari 23 iyul kuni vafot etgan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 98 nafar, Samarqand viloyatida 48 nafar, Sirdaryo viloyatida 43 nafar, Namangan viloyatida 28 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Jizzax viloyatida 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar, jami 277 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 10 149 (+277) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 617 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring