Koronavirusga chalinganlar qaysi joylarda bo‘lishgan? Epidemiologik xarita tuzildi
COVID-19 bilan kasallanganlar mamlakatimizning qaysi hududlaridan, ular ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida davolanishni boshlashlaridan avval qaysi joylarda bo‘lishgan, ehtiyot choralarini ko‘rish uchun ular bilan muloqot ehtimolini qanday bilish mumkin?
Ushbu savollarga javob berish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining COVID-19 bo‘yicha rasmiy sayti (http://coronavirus.uz)da UZINFOCOM yagona integrator hamkorligida yangi funksiya yaratildi.
Ya’ni, birinchisi, saytda kasallik qaysi hududlarda tasdiqlanganini ifoda etuvchi xarita bilan tanishish mumkin.
Ikkinchisi esa, ushbu xarita ostida «Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemorlarning epidemiologik marshruti» tugmasini bossangiz bemorlarning shifoxonaga kelishlaridan avval qayerlarda bo‘lganliklarini ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
«Ushbu ma’lumotlarni olgach, ehtiyotkorlik yuzasidan bu hududlarga bormaslikka harakat qiling, o‘zingiz va yaqinlaringizni asrang! Shifokorlarga chin dildan yordam bermoqchi bo‘lsangiz, uyda qoling!» – deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter