Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan xodim hamkasblarining 90 foiziga kasallikni yuqtirishi mumkin — ekspert

Koronavirusga chalingan xodim hamkasblarining 90 foiziga kasallikni yuqtirishi mumkin — ekspert

Foto: «ICanChoose»

Infeksionist Yevgeniy Timakovning ta’kidlashicha, ofisda ishlovchi xodim koronavirusga chalingan bo‘lsa, hamkasblarining 90 foiziga virusni yuqtirishi mumkin.

Vrachning fikricha, koronavirus yuqishi xavfi eng yuqori joy shamollatish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, odam ko‘p to‘planadigan yopiq binolar, ofislar bunga yaxshi misol bo‘ladi.

Kasallikni ko‘chada yuqtirib olish xavfi juda past. Hatto do‘konlar ham, agar niqob taqib borilsa, unchalik xavfli emas.

Timakov shu bois ofis xodimlarni masofadan ishlashga o‘tkazishni taklif qilmoqda. Agarda qandaydir sabablarga ko‘ra, bu imkonsiz bo‘lsa, xodimlarni tibbiy tez-tez ko‘rikdan o‘tkazib turish kerak. Imkoniyatga qarab, almashib ishlashga o‘tish, xonalarni esa muntazam va uzoq vaqt shamollatib turish lozim. Qolaversa, ofisdagi mebel va texnikalarni kun davomida bir necha marta antiseptiklar bilan zararsizlantirib turish tavsiya qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring