Koronavirusga chalingan rossiyalik qo‘shiqchi tug‘ruq paytida jon berdi
![Koronavirusga chalingan rossiyalik qo‘shiqchi tug‘ruq paytida jon berdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/0/720_460_95_3095730358.jpg)
Koronavirusni yuqtirib olgan Liliya Sabirova tug‘ruq paytida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Rossiya Tatarstan» xabar berdi.
Ayolning ahvoli o‘pkasi shikastlangani bois juda og‘ir edi. Bola o‘lik tug‘ildi.
Qo‘shiqchining turmush o‘rtog‘i Gadel Galimzyanovning so‘zlariga ko‘ra, ular rafiqasi bilan besh yil turmush qurishdi. O‘g‘ilning dunyoga kelishi esa oilada uzoq kutilgan orzu edi. Ular o‘g‘liga Jamil deb ism qo‘yishni niyat qilishgandi.
Liliya Sabirovani chaqalog‘i bilan birga Qozondagi qabristonga dafn etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter