Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan bemorni qutqarishga uringan hamshira o‘zi vafot etdi

Koronavirusga chalingan bemorni qutqarishga uringan hamshira o‘zi vafot etdi

Foto: «latimes.com»

Los-Anjelesda hamshira koronavirusni yuqtirgan bemorni reanimatsiya qilib, ikki hafta o‘tmay o‘zi ana shu infeksiyadan vafot etdi, deb yozadi «Los Angeles Times».

Uning 61 yoshli hamkasbi Silii Markosning so‘zlariga ko‘ra, hamshira himoya kostyumisiz bemorga yordam ko‘rsatgan. Erkak nafas olmay qo‘ygan. Hamshira kiyinishga vaqt ketishidan xavotirlanib himoya kiyimlarisiz tez tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishgan.

Shu bilan birga, gazeta ayolning o‘limi bilan bog‘liq boshqa bir taxminni ham ilgari surgan. Ismini oshkor etishni istamagan hamshiralardan birining aytishicha, ushbu shifoxonada xodimlarga himoya vositalari yetarli miqdorda berilmayapti. Mehnatni muhofaza qilish mahalliy boshqarmasi ham ayolning o‘limini individual himoya vositalari yetishmasligi bilan bog‘lagan. Shifoxona ma’muriyati bu ayblovlarni inkor etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring