Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalingan ayol komadan chiqqach egizaklarni dunyoga keltirdi

Koronavirusga chalingan ayol komadan chiqqach egizaklarni dunyoga keltirdi

Foto: «The Sun»

Belfastda komadan chiqqan ayol egizak qizaloqlarni dunyoga keltirdi. Homiladorlikning erta bosqichlarida koronavirus tufayli og‘ir ahvolga tushib qolgandi. Biroq u kasallikni yengishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi «The Sun».

32 yoshli Daniel Martin nafas olishga qiynalib qolganda homiladorlikning to‘qqizinchi haftasi boshlangandi. Uning ahvoli birdan yomonlashgach, shifokorlar sun’iy koma holatiga tushirishga qaror qilishdi. Ayolning turmush o‘rtog‘i go‘dakning tirik qolishidan umidini uzganini tan oldi.

Ayol 10 kun sun’iy koma holatida bo‘lgan, so‘ngra uning ahvoli barqarorlashgan va shifokorlar bemorni oddiy palataga o‘tkazishgan.

«U bilan telefon orqali gaplashganimda shu zahoti farzandimiz haqida so‘radim. Dabdurustdan u egizakli bo‘lishimizni aytib qoldi!» — deb esladi Danielning turmush o‘rtog‘i Brayan.

«Endi besh nafar farzandimiz bor: uch o‘g‘il va ikki qiz», — deydi oila boshlig‘i. Uning ta’kidlashicha, turmush o‘tog‘iga shifoxonadan javob berishgan, hozir u bolalarining yonida.

«Worldometers»ning oxirgi (2020-yil 13-oktyabr soat 16:30) hisob-kitoblariga ko‘ra, COVID-19 pandemiyasi boshlangandan buyon dunyo bo‘yicha 38 million 100 ming 378 kishi koronavirusga chalindi. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring