Koronavirusdan xoli davlatlar — to‘liq ro‘yxat
2020-yil avgust oyi boshida COVID-19 dunyoning ko‘pgina mamlakatlarini qamrab olgan bo‘lishiga qaramay, bugungi kunda koronavirus bo‘lmagan yoki endi yo‘q qilingan davlatlar haliyam bor. 16-avgustda bunday davlatlar sayyoramizda 19 tani tashkil etadi, ulardan 2 tasi Yevropa, 2 tasi Osiyo, 1 tasi Afrika, 12 tasi Okeaniya va 3 tasi G‘arbiy yarim sharda joylashgan. Ya’ni bugungi kunda koronavirusdan xoli davlatlarning deyarli hammasi Sharqiy yarim sharda joylashgan. Mustaqil davlatlar, shu jumladan, dunyo hamjamiyati tomonidan qisman tan olingan mamlakatlar hisobga olingan. Quyida dunyo mintaqalari bo‘yicha COVID-19dan xoli davlatlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.
Osiyo
Shimoliy Koreya (KXDR) — koronavirus holati qayd etilmagan aholisi eng ko‘p bo‘lgan mamlakat
Turkmaniston (rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yo‘q, biroq OAV Turkmanobod shahrida kasallikni yuqtirganlar haqida xabar bergandi)
Yevropa
Vatikan (12 ta COVID-19 holati qayd etilgan, bari tuzalgan)
San-Marino (699 ta COVID-19 holati qayd etilgan, 42 kishi vafot etdi, 657 nafari tuzaldi)
Afrika
Saxara Arab Demokratik Respublikasi
Okeaniya
Vanuatu
Kiribati
Marshall orollari
Nauru
Niue
Kuka Oroli
Palau
Samoa
Solomon orollari
Tonga
Tuvalu
Mikroneziya Federativ Shtatlari
G‘arbiy yarim shar
Dominika (18 ta COVID-19 holati qayd etilgan, bari tuzalgan)
Sent-Kits va Nevis (17 ta COVID-19 holati qayd etilgan, bari tuzalgan)
Sent-Lyusiya (25 ta COVID-19 holati qayd etilgan, bari tuzalgan)
Koronavirus holatlari bo‘yicha ushbu xaritada (qancha to‘q bo‘lsa, holat shuncha ko‘p) bugungi kunda COVID-19 holati qayd etilmagan davlatlarni ko‘rish mumkin (koronavirus aniqlanib, keyin bartaraf etilgan mamlakatlar hisobga olinmagan). Ular kulrang tusda. Ulardan atigi 3 tasi mintaqada joylashgan: Turkmaniston, Shimoliy Koreya, Saxara Arab Demokratik Respublikasi. Qolganlari orol davlatlar hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter