Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan vafot etganlarning jasadi qarindoshlariga berilmaydimi? Inspeksiya boshlig‘i masalaga aniqlik kiritdi

Koronavirusdan vafot etganlarning jasadi qarindoshlariga berilmaydimi? Inspeksiya boshlig‘i masalaga aniqlik kiritdi

Illyustrativ foto

AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda o‘tkazilgan brifingda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov fuqarolardan tushgan savollarga javob berdi.

Koronavirusdan vafot etganlarning jasadi qarindosh-urug‘lariga berilmas emish, – degan savolga u shunday javob qaytardi:

– Bunaqa tartib hech qayerda yo‘q. Koronavirus infeksiyasidan vafot etadigan bo‘lsa, uni dafn qilish, dafn marosimida ishtirok etish, dafnga tayyorlash – manashu ishlarga alohida talablar qo‘yilgan. Bu talab islom dinimizda ham keltirilgan. Qachonki, mayit tiriklarga xavf tug‘diradigan bo‘lsa, ehtiyot chorasini ko‘rish borasida alohida ko‘rsatmalar mavjud. Shu nuqtai nazardan, “qarindoshlarga berilmas ekan” degan fikr butunlay noto‘g‘ri. Faqat ularning dafn qilish marosimlariga alohida talablar borligini bilib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi, – dedi Nurmat Otabekov.

Avvalroq koronavirusdan vafot etgan inson qanday dafn etilishi yuzasidan Musulmonlar idorasining fatvosi e’lon qilingandi.

Eslatib o‘tamiz,  bugun, 28-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ikkinchi o‘lim holati qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring