Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan tuzalgan bemor hayotini saqlab qolgan davo usuli haqida so‘zlab berdi

Koronavirusdan tuzalgan bemor hayotini saqlab qolgan davo usuli haqida so‘zlab berdi

Foto: «Moskva»

Moskvalik Aleksandr Kutuzov hayotini saqlab qolgan davo usuli haqida gapirib berdi. U Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida isitma, nafas siqilishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan ikki hafta yotgan. Virusga qarshi preparatlar va antibiotiklar hech qanday natija bermagach unga COVID-19 ga antitanachali donor plazmasi quyilgan. Shundan so‘nggina u tuzala boshlagan, deb yozadi «Komsomolskaya pravda».

Kutuzov avvaliga OIV yoki gepatit yuqtirib olaman, deb plazma quydirishdan qo‘rqqanini tan oldi. Biroq shifokorlar qon qat’iy tekshirilishini va bunday bo‘lmasligini tushuntirishgach, u rozi bo‘lgan. «Men ko‘ndim va birinchi muolajadan keyingi kuniyoq butunlay boshqacha odam bo‘lib uyg‘ondim», — dedi u. Ertasigayoq uning isitmasi tushib, nafas olishi yaxshilandi. O‘pkaning kompyuter tomografiyasida ham ijobiy dinamika kuzatildi.

Plazma quyilganidan bir hafta o‘tgach uni shifoxonadan chiqarishdi. «Bugun qabul bo‘limidan ikki kishi chiqdik. Men sog‘lom, optimistik ruhda. Yonimda yana kimdir qora qopda. Afsuski, biz statistikaning har xil ro‘yxatidan o‘rin oldik. Va men omadim kelganini yana bir tushunib yetdim», — deya qo‘shib qo‘ydi u.

Hozir Aleksandr Kutuzov uyda, o‘zini yaxshi his qilyapti. U boshqalarni vaziyatga jiddiyroq yondashishga va uyda qolishga chaqirdi. Shuningdek, Aleksandr koronavirusni yuqtirgan insonlarga yordam berish uchun plazma donori bo‘lish rejalari haqida aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring