Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1200 nafardan oshdi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1200 nafardan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bir yo‘la to‘rtta viloyatda: Xorazmda 14 nafar, Farg‘onada 12 nafar, Andijonda 3 nafar hamda Samarqandda 1 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘aydi.

Endilikda to‘liq sog‘ayganlar Xorazmda 135 nafarga, Farg‘onada 73 nafarga, Samarqandda 22 nafar hamda Andijonda 109 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 79 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1212 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 2075 nafarni tashkil qilib, sog‘aygan va vafot etganlardan tashqari, jami 854 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring