Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan 56-o‘lim holati qayd etildi

Koronavirusdan 56-o‘lim holati qayd etildi

Poytaxtimizda  yashovchi 66 yoshli M.R. joriy yil 1-iyuldan shahar 1-son klinik shifoxonasida davolangan. Unga «COVID-19» og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi bilan kechgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kabi hamroh kasalliklari bilan og‘rigan.

Bemor bundan avval, oxirgi 12 yildan buyon qandli diabet kasalligi bilan davolanib kelgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring