Koronavirus yuqtirish bo‘yicha juda past natija qayd etildi

2022-yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199118 (+88) nafarni tashkil etmoqda.
Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
7 nafari Andijon viloyatida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Namangan viloyatida,
17 nafari Samarqand viloyatida,
1 nafari Sirdaryo viloyatida,
7 nafari Farg‘ona viloyatida,
9 nafari Xorazm viloyatida,
4 nafari Toshkent viloyatida,
29 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 196337 (+119) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter