Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirish holatlari oshdi. Ularning aksariyati aholi orasida qayd etilgan

Koronavirus yuqtirish holatlari oshdi. Ularning aksariyati aholi orasida qayd etilgan

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 28-may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3437 (+41) nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qayd etishicha, yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasidan aniqlangan. 32 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasidan aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sankt-Peterburg shahridan, 3 nafari Novosibirsk shahridan, 1 nafari Istambul shahridan hamda 17 nafari Qozog‘istondan yurtimizga kirib kelgan. Qolgan 1 nafari esa koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan.

Ayni paytda yurtimizda 2685 (+17) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) butunlay sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 738 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring