Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlarning sakkiz nafari og‘ir ahvolda ekani ma’lum qilindi

Koronavirus yuqtirganlarning sakkiz nafari og‘ir ahvolda ekani ma’lum qilindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov mamlakatdagi epidemiologik holat yuzasidan ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, 1955 fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 86 bemorning 16 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 79 bemordan 1 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 105 bemordan 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti.

992 hamyurtimiz kasallikdan to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring