Koronavirus yuqtirganlar soni yana 22 nafarga ko‘paydi

2020-yil 11-iyun soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4717 (+22) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 10 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Toshkent shahrida (3 nafari aholi orasida, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan), 3 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 3 nafari Toshkent viloyatida hamda qolgan 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida Rossiyadan chegara post orqali mamlakatimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida qayd etilgan.
Ayni paytda yurtimizda 3611 (+79) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1087 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter