Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, afsuski, ular kimligini bilmaymiz» – Xayrullo Bozorov

«Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, afsuski, ular kimligini bilmaymiz» – Xayrullo Bozorov

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha viloyat aholisiga murojaat qildi.

Uning qayd etilishicha, oxirgi uch kun ichida mazkur infeksiyani yuqtirgan, manbasi aniq bo‘lmagan oltita holat aniqlangan. Ushbu fuqarolar bu kasallikni qachon va kimdan yuqtirib olganini bilishmaydi. Ayrim fuqarolar uylarida isitmalab, buni oddiy shamollash deb o‘ylab, o‘zlarini uy sharoitida davolashga urinmoqda.

Oxirgi uch-to‘rt kun ichida to‘rtta holat aniqlangan, ularning uchtasi Namangan shahrida, bittasi Uchqo‘rg‘on tumanida yuz bergan. Ular bir necha kunlab, o‘n kunlab uylarida isitmalab yotishlari, o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat etmaganliklari bugun ushbu kasallikning yuqish xavfini oshirib yubormoqda. Mazkur 4 nafar fuqaroning ikki nafari og‘ir ahvolda, ertalab sun’iy nafas oldiradigan apparatlarga ulangan.

Viloyat hokimining qayd etishicha, agar ular o‘z vaqtida shifokorlarga murojaat qilganlarida, o‘z vaqtida aniq diagnoz qo‘yilardi, yaqin qarindoshlariga yuqtirilmas edi. Bugun ularning har biri orqasidan 200 tadan mingtagacha odamni karantinga olishga hojat bo‘lmas edi.

«Koronavirus yuqtirganlar oramizda yuribdi, ular kimlar, soni qancha, afsuski, biz bilmaymiz», dedi viloyat hokimi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 13 aprel soat 06:00 dan boshlab Namangan shahri va Uchqo‘rg‘on tumani, shu jumladan, «Qayqi» qishlog‘i hududida barcha turdagi shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari, mototransport (skuter), velosiped hamda fuqarolarning harakatlanishi butunlay to‘xtatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring