Koronavirus «yosharmoqda» — JSST pandemiyaning yangi bosqichidan ogohlantirdi
Dunyo koronavirusning yangi bosqichiga o‘tmoqda — bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonot berdi.
Bu o‘zgarishlar hozircha lokal — Janubi-Sharqiy Osiyoda boshlanib ketgan: xavf ostidagi guruhlar, asosiy tarqatuvchilar guruhlari almashmoqda. Yoshlar o‘rtasida (20 yoshdan boshlab), ayniqsa, 30 yoshlilar orasida kasallikka chalinganlar ko‘paymoqda.
«Kuzatayotganlarimiz insoniyat Osiyo-Tinch okeani mintaqasida pandemiyaning yangi bosqichiga o‘tganidan darak beradi», — ta’kidladi JSSTning Tinch okeani g‘arbidagi mamlakatlar uchun mas’ul direktori, doktor Takeshi Kasai.
Yana bir yomon tomoni, virus juda tez tarqalyapti, uni tutish qiyinlashmoqda. Chunki simptomlar juda kuchsiz yoki umuman yo‘q. Shuning uchun koronavirusni yengil o‘tkazganlar kasallikni qayta yuqtirib olishlari mumkin. Biroq aniq dalillar yo‘qligi bois, bu hozircha taxmin.
«Shu bois ayrim mamlakatlarda pandemiya qaytalanishi, avvaligisidan-da kuchli bo‘lishi mumkin», — dedi Kasai.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter