Koronavirus: yangi bemorlar haqida ma’lumot berildi

2020-yil 19-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2802 (+11) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 10 nafari xorijdan kelgan fuqarolarda (ulardan 7 nafari Rossiyadan kelgan va 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) hamda 1 nafari oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 2314 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘ayib, 475 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter